Главная » 2022 » Август » 24 » Rasman! Server Jeparov “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlandi
20:08

Rasman! Server Jeparov “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlandi


Sobiq futbolchi Server Jeparov Toshkentning “Lokomotiv” klubiga bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda “temiryo‘lchilar” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joizki, Server Jeparov bungacha “Lokomativ”da sport direktori vazifasini bajarib kelayotgandi. Endilikda u murabbiylik "post"ini egalladi. Serverga murabbiylar shtabida Mirko Yelichich yaqindan yordam beradi.

Maʼlumot uchun Server futbolchilik faoliyati davomida O‘zbekistonning “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Metallurg”, Janubiy Koreyaning “Seul”, “Seongnam”, “Ulsan”, Saudiya Arabistonining “Ash-Shabab”, Eron chempionatining “Istiqlol”, “Sepaxon” va Qozog‘istonning “Jetisu” klublarida to‘p surgan. Shuningdek yarim himoyachi Osiyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrinni 2 marotaba qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz Server Jeparov 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: rasman, Lokomotiv, etib, server, Jeparov, murabbiyi, bosh, tayinlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя