Главная » 2022 » Август » 25 » Rasman! Ravshan Ermatov Rossiya hakamlar komissiyasi aʼzosi bo‘ldi
11:34

Rasman! Ravshan Ermatov Rossiya hakamlar komissiyasi aʼzosi bo‘ldi


O‘zbekistonlik sobiq hakam Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi (RFI) prezidenti huzuridagi hakamlar komissiyasi aʼzosi bo‘ldi. Bu haqda RFI matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish kerakki, 45 yoshli Ermatov 2003 yilda FIFA referisi toifasini olgan. U bir necha bor yirik xalqaro musobaqalarda, jumladan, uchta Jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlarida ishlagan.

2013 yilda u Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan dunyoning eng yaxshi 10 nafar hakami ro‘yxatiga kirdi. Ravshan Ermatov 2019 yilda hakamlik faoliyatini yakunlagan. Hozirda u O‘zbekiston futbol assotsiatsiyada vitse-prezident lavozimida ishlab kelmoqda.

Ravshan Ermatov hakamlar komissiyasining amaldagi tarkibiga to‘qqizinchi aʼzo sifatida qo‘shildi. Ermatovdan tashqari komissiya tarkibiga RFI hakamlar bo‘limi boshlig‘i  Pavel Kamansev, Sergey Zuyev, Aleksandr Gvardis, Nikolay Ivanov, Sergey Fursa, Nikolay Levnikov, Oleg Sokolov va Eduard Maliy ham kiritilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: rasman, Ravshan, hakamlar, aʼzosi, Rossiya, Ermatov, bo‘ldi, komissiyasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя