Главная » 2020 » Май » 12 » Rasman: Bu yil OTMga kirish uchun 2 ta fandan test topshiriladi
18:28

Rasman: Bu yil OTMga kirish uchun 2 ta fandan test topshiriladi


Joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda koronavirus pandemiyasi sabab bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini soddalashtirgan tartibda o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berilgandi.

Davlat test markazining ma’lum qilishicha, abituriyentlarni qiynab qo‘ymaslik maqsadida faqat 2020-2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu 2 ta mutaxassislik fanlari 2019 yil dekabr oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, keng jamoatchilikka e’lon qilingandi.

Alohida ta’kidlash kerakki, infetsiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda abituriyentlarning 1000 o‘rinlik binolarda 3-4 soat qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mazkur o‘quv yilida test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda ko‘pi bilan 700 tagacha o‘rin tayyorlanadi, har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi, sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ularda niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi ta’minlanadi. 

Abituriyentning tana harorati o‘lchangach, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marotaba dezinfeksiya qilinadi. Bularning bari test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.

Qayd etilgan ushbu jarayon ham karantin cheklovlari butunlay olib tashlangandan so‘ng amalga oshiriladi.

“Keyingi o‘quv yilidan boshlab, hamma jarayon belgilangan tartib-qoidalar asosida bo‘lishini takroran eslatib o‘tamiz”, deyiladi DTM xabarida.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: fandan, topshiriladi, test, OTMga, kirish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя