Главная » 2022 » Август » 26 » Rasman! Benzema Yevropada tengsiz deb topildi
11:50

Rasman! Benzema Yevropada tengsiz deb topildi


Bugun, 25 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 2022-2023 yilgi mavsumi uchun qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushubu marosimda YeChLning o‘tgan yilgi asosiy qahramonlari ham mukofotlandi. Yilning eng yaxshi murabbiyi deya “Real Madrid” ustozi Karlo Anchelotti eʼtirof etildi. Unga bu sovrin yo‘lida Yurgen Klopp (“Liverpul”) va Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”) raqobat qilgan edi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni “Real Madrid” hujumchisi Karim Benzemaga nasib etdi. 34 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda jamoadoshi Tibo Kurtua va Kevin De Bryuyneni (“Manchester Siti”) ortda qoldirdi.

Maʼlumot uchun,  “Real Madrid” YeChLning o‘tgan mavsumda g‘olib bo‘lgan. Ushubu g‘alaba madridliklarning YeChLdagi o‘n to‘rtinchi muvaffaqiyati edi. “Los blankos” hujumchisi Benzema esa 15 ta gol kiritib, musobaqaning yaqqol to‘purar hujumchisiga aylangan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: rasman, Yevropada, tengsiz, deb, topildi, Benzema | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя