Главная » 2018 » Апрель » 27 » Qo‘yliq dehqon bozori Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi
11:42

Qo‘yliq dehqon bozori Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi


Poytaxtdagi yirik bozorlardan biri – Qo‘yliq dehqon bozori Toshkentdan tashqariga ko‘chiriladi. Bu haqda Bektemir tumani hokimi Shopo‘lat Asqarovga asoslaniv, Sputnik xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorning ko‘chirilish muddati aniq emas, hozirda uning qayerga ko‘chirilishi masalasi hal qilinmoqda. “Hozirda Toshkent viloyatida bozor ko‘chiriladigan joy aniqlanmoqda, u yerda yangi pavilonlar va barcha zarur infratuzilma bunyod etiladi. Bu ishlarni o‘tgan yili boshlash rejalashtirilgandi. Yangi bozor qurib bitkazilganidan keyin Qo‘yliq dehqon bozori u yerga ko‘chiriladi, uning yonida joylashgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori o‘z o‘rnida qoladi. Buyum va qurilish bozorlari ham joyida qoladi”, — deydi Asqarov.

Bozor ko‘chirilganidan so‘ng uning o‘rnida nima qurilishi hozircha noma’lum.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkent viloyati, Qo‘yliq dehqon bozori, ko‘chiriladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя