Главная » 2020 » Апрель » 24 » “Qo‘rqinchli yolg‘on” – Shimoliy Koreyada koronavirusga oid vaziyat qandayligi aytildi
20:19

“Qo‘rqinchli yolg‘on” – Shimoliy Koreyada koronavirusga oid vaziyat qandayligi aytildi


Shimoliy Koreyada koronavirus infeksiyasi ko‘lami hukumat da’vo qilganidan ancha katta. Bu ma’lumotni mamlakatdan qochib ketgan, bir vaqtlar KXDR hukumatida yuqori lavozimni egallab turgan Kim Mi Yong berdi, deb yozmoqda “Daily Mail”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rejim qurbonlarning haqiqiy sonini yashirishga “jon kuydirmoqda” va odamlar haqiqatni bilib olishlaridan qo‘rqmoqda. Kim Mi Yongning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada koronavirus bironta ham odam yuqmagani – “qo‘rqinchli yolg‘on”.

“Infeksiyaga chalinganlarning real soni juda katta ... Ehtimol, bu raqamlar biz tasavvur qilganimizdan ham ko‘proqdir”, dedi u.

Mart oyining oxirida, mamlakatda koronavirus qayd etilmaganini da’vo qilgan Shimoliy Koreya yuqumli kasallikka qarshi kurashda yashirincha yordam so‘raganligi haqida xabar berilgan edi. Manbalar KXDR sog‘liqni saqlash tizimi pandemiyaga qarshi turish uchun juda zaif ekanligini ta’kidlamoqda.

Fevral oyi boshida Shimoliy Koreya koronavirus tufayli xorijiy diplomatlarga kirish va chiqishni taqiqladi. Bu epidemiyaning oldini olish uchun ko‘rilayotgan choralardan biri ekanligi tushuntirildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qandayligi aytildi, koronavirusga, vaziyat, Shimoliy Koreyada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя