Главная » 2017 » Апрель » 12 » ​Qiziqqon, xushchaqchaq, og`ir-bosiq yo g`amginmisiz?
12:50

​Qiziqqon, xushchaqchaq, og`ir-bosiq yo g`amginmisiz?


Temperamentingizni aniqlaymiz!

O`tgan sonimizda aytib o`tganimizdek, psixologiyada insonlar temperamentiga qarab, to`rt toifaga bo`linadi. Va ularning har birini o`ziga xos fe`l-atvori bor. Qaysi toifaga mansubligingizni bilib olsangiz, o`z ustingizda va atrofdagilar bilan munosabatlaringiz borasida ishlashingiz ancha oson ko`chadi.

Bu gal testimizda sizga savollarga berilmaydi. Har bir raqam ostida 4 xil variant taklif qilinadi. Ular ichidan faqat bittasini, ya`ni o`zingizning fe`lingizga eng mosini tanlab, belgilang.

1. A. Hovliqma.

B. Xushchaqchaq.

V. Vazmin.

G. Tortinchoq.

2. A. Jahldor va tez.

B. Ishbilarmon va tinib-tinchimas.

V. Puxta va mulohozakor.

G. Notanish davrada o`zini yo`qotib qo`yuvchisiz.

3. A. Odamlarning yuziga qarab keskin gapirasiz.

B. O`zingizga bahoga berishga ustasiz.

V. Kutishni bilasiz.

G. O`zingizning kuchingizga ishonmaysiz.

4. A. Kek saqlamaysiz.

B. Nimagadir qanchalik tez qiziqsangiz, shuncha tez zerikasiz.

V. Kun tartibi va ish rejimiga qat`iy amal qilasiz.

G. Hamsuhbatingizga beixtiyor moslashasiz.

5. A. Tez va qaltis harakatlar qilasiz.

B. Yostiqqa boshingizni qo`yishingiz bilan uxlab qolasiz.

V. Yangi muhitga moslashish siz uchun juda qiyin.

G. Bo`ysunuvchansiz.

6. A. Kamchiligingiz — sabrsizligingiz.

B. Ishchan, bardoshlisiz.

V. Doim nimagadir qiziqib yurasiz.

G. Gap ko`tara olmaysiz, ta`sirchansiz.

7. A. Sabr neligini bilmaysiz.

B. Boshlagan ishingizni oxiriga etkazmaysiz.

V. Mulohazakor va ehtiyotkorsiz.

G. Yangi tanishgan kishingiz bilan munosabatga kirishishga qiynalasiz.

8. A. Mimikalaringiz kayfiyatingizni ifodalaydi.

B. Tez va baland ovozda, imo-ishoralar bilan gapirasiz.

V. Yangi ishni boshlashda sustkashsiz.

G. Haddan tashqari arazchisiz.

9. A. Tez va jo`shib gapirasiz.

B. Yangi ishga tez kirishib ketasiz.

V. Shijoatingiz tez so`nadi.

G. Juda ta`sirchansiz.

10. A. Goh g`ayrat bilan, goh hafsalasiz ish qilasiz.

B. Yangi topshiriqlarni zavq bilan amalga oshirasiz.

V. Natijasiz ishga kuch sarflamaysiz.

G. Indamassiz, gapga no`noqsiz.

11. A. Tartibsizsiz.

B. Qunt va matonat bilan maqsadga erishasiz.

V. Bo`shashgan va kamharakatsiz.

G. O`zgalar dardini his qila olasiz.

12. A. Tez qaror qabul qilasiz va amalga oshirasiz.

B. Kutilmagan vaziyatlarda o`zingizni tuta olasiz.

V. Hamma bilan bir xil muomala qilasiz.

G. Odamovisiz.

13. A. Tashabbuskor va jasursiz.

B. Yangilikni tez ilib olasiz.

V. Bekorga valaqlashni yomon ko`rasiz.

G. Yolg`izlikni sevasiz.

14. A. Yangilikka o`ch.

B. Doim dadil va bardam.

V. Ozodalikni sevuvchi.

G. Jur`atsiz va nofaol.

15. A. Qaysarsiz.

B. Qiziqish va havaslaringiz vaqtinchalik.

V. Xotirjamsiz, bir maromada gapirasiz.

G. Omadsizlikka uchraganda dovdirab qolasiz va tushkunlikka tushasiz.

16. A. Qiziqqan ishingizni zavqlanib bajarasiz.

B. Nimaningdir ustida hijjalab ishlashni yoqtirmaysiz.

V. Kamdan-kam hollarda tanbeh berasiz va boshqalarning fikrini ma`qullaysiz.

G. Atrofdagilar va o`zingizga talablaringiz yuqori.

17. A. Istaklaringiz yo`lida xavfdan qo`rqmaysiz.

B. Bir nimaga eng shimardingizmi, miridan-sirigacha o`rganasiz.

V. Boshlagan ishingizni chala qoldirmaysiz.

G. Tez charchab qolasiz.

18. A. Kayfiyatingiz tez o`zgaradi.

B. Ba`zida qiziqishlarinigizni chetga surib qo`ya olasiz.

V. Matonatlisiz, o`zingizni tuta bilasiz.

G. Tanbeh berish va kamchilik topishga ustasiz.

19. A. Urishqoq.

B. Rahmdil va kirishimli

V. Ko`nglingizda kir yo`q.

G. Vasvos va har nedan shubahalanuvchi.

20. A. Bahslarda topqirsiz.

B. Omadsizlikka uchraganda ham hayotga kulib qaraysiz.

V. Sabrli va siposiz.

G. Qiziqishlaringizni to`g`ri yo`naltira olasiz.

Javoblarni hisoblaymiz!

Buning uchun qaysi harfni necha martadan belgilaganingizni hisoblab chiqasiz-da, ularning har birini 5 ga ko`paytirasiz. Shunda javoblaringizning umumiy foizi chiqadi. Masalan:

«A» — 7 marta x 5 = 35%

«B» — 10 marta x 5 = 50%

«V» — 2 marta x 5= 10%

«G» — 1 marta x 5 = 5%

harflarning qay birinining ko`rsatkichi yuqoriligiga qarab, qaysi toifaga mansubligingizni bilib olasiz.

A — xolerik

B — sangvinik

V — flegmatik

G — melanxolik

Ta`rif

XOLERIK – QIZIQQON

Jo`shqin, shiddat bilan harakatlanuvchi, ochiqqina insonlar ayni shu toifaga mansubdirlar. Ular faolliklari, sezgiriligi va ta`sirchanliklari bilan ajralib turadi. Kayfiyati bahor ob-havosidek. Garchi asablari mustahkamlar qatorida tursangiz ham, his-tuyg`uga beriluvchanligingiz sabab ba`zida sal narsaga lovullab yonib ketishingiz, arazlab qolishingizni tan oling. Ko`nglingiz nozik-da! Yangiliklarga o`chligingiz tufayli bir xillikdan tez zerikib qolasiz. Shungami, suhbatlashib o`tirganingizda birdan boshqa mavzuga sakrab ketasiz. Umuman, siz muloqatga tez kirishuvchi va tinib-tinchimaydigan insonsiz.

SANGVINIK – XUShChAQChAQ

hamisha bahor, dilkash suhbatkash bo`lguvchi sangviniklar, shoshqaloqlingiz ham bor bo`lsin. Sizga qolsa, hamma narsa birpasda hal qilinsa. Doim yonib turasiz, xoleriklarga o`xshab kayfiyatingiz ham tez o`zgaradi. Fikringizni aytmaysizmi? Ertalab qabul qilgan qaroringizni tushga bormasdan o`zgartirib turasiz-da. Juda faolligingiz sabab bir joyda o`tira olmaysiz. Omadsizlikni ham tez engib o`tishingizga havas qilsa, arzimydi. Atrofdagilarga ta`sir o`tkazishga ham biram ustasiz, bu qobiliyatingiz kishini hayratlantiradi.

FLEGMATIK – OG`IR-BOSIQ

Dunyoning keng joyidan yaratilgan, deb aynan sizni aytishadi. Sabringizga qoyil! Maqsdalaringizga erishish yo`lida hech nimaga erinmaysiz, kayfiyatingizni doim boshqara olasiz. Kurashuvchan, mehnatkash, kuchli, vazmin, o`z so`zida sobit — xullas, qancha maqtasak, shuncha kam. Siz kuchingizni bo`lar-bo`lmas ishga sarflamaysiz, bekorga gap sotmaysiz, shu sabab boshlagan ishingizni oxiriga etkazasiz. E`tiborligingiz esa alohida xislat! Faqat ko`nikuvchan emassiz-da. Yangi joy, yangi ish, yangi tanishlar, yo`q, ularga ko`zingiz-u o`zingiz o`rganguningizcha ancha vaqt kerak. Buning ustiga, muhitingiz o`zgarganidan tushkunlikka tushib qolasiz.

MELANXOLIK – G`AMGIN

Arazingiz burningizning uchida turadi. Sababini aytsak, arazlab qolmaysizmi tag`in. Siz o`zingizga ishonmaysiz. Tuyg`ularingizga quloq tutasiz, shu sabab muammoga duch kelganda, uni engib o`tishingiz qiyin kechadi. Qaror qabul qilishga qiynalasiz, biroz sustkashsiz, o`z qobig`ingizga o`ralib olganingiz uchun atrofdagilar bilan apoq-chapoq bo`lib keta olmaysiz. Bir jihatingizni esa e`tirof etishimiz shart: juda mulohazakor, etti o`lchab, bir kesuvchi, o`ylamasdan gapirmaydigan insonsiz.

Shoira VAFOEVA tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Testlar, Psixologiya | | Теги: xushchaqchaq, psixologiya, test, ogir-bosiq, gamgin, ​Qiziqqon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя