Главная » 2020 » Май » 18 » Qirq yoshdan o‘tib turmush qurgan Gollivud yulduzlari
17:02

Qirq yoshdan o‘tib turmush qurgan Gollivud yulduzlari


Muhabbat yosh tanlamaydi, umr yo‘llarini sevgan insoni bilan bog‘lash uchun esa yoshning ahamiyati bo‘lmaydi. Film.ru nashri taqdim qilgan yulduzlar hayoti buning yorqin misolidir.

Bryus Uillis

Bryus Uillis 2000-yilda Demi Mur bilan ajrashganidan keyin 2007-yilda Emma Xemming bilan tanishgan. Juftlik turmush qurganida Uillis 54 yosh bo‘lgan. Hozirda ularning ikki nafar farzandi bor.

Dueyn Jonson

2019-yil Gavayi orollarida eng chiroyli yulduzli to‘ylardan biri bo‘lib o‘tgan. Dueyn Jonson bir necha yillik muhabbati bo‘lgan Loren Xeshian bilan munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan. Juftlik 200​7-yilda “O‘yin rejasi” filmini suratga olish jarayonida tanishgan. Shundan keyin Jonson va Xeshian 12 yil davomida gaplashib yurgan. To‘y vaqtida Jonson 47 yoshda bo‘lgan.

Jorj Kluni

Jorjning muxlislari turmush qurmagunicha uni Gollivud bo‘ydoqlari safidan chiqmasa kerak, degan xayolga borgandi. Aslida aktyor haqiqatan ham oila qurishni istamagan, ammo Amal Alamuddin bilan tanishuv uning hayotini o‘zgartirib yubordi. U Amalning qo‘lini so‘raganida 52 yoshda bo‘lgan. 2014-yilda turmush qurgan, 2017-yilda egizak farzandli bo‘lgan.

Salma Hayek

Salma ancha vaqtgacha turmushga chiqishga shoshilmagan. U ko‘p vaqtdan beri milliarder Fransua-Anri Pino bilan uchrashgan, ammo juftlik yillar davomida ko‘p sinovlardan o‘tgan. Shunga qaramay 2009-yilda juftlik turmush qurgan va bu vaqtda Salma 42 yosh bo‘​lgan.

Deniel Kreyg

Deniel va Reychel o‘rtasidagi munosabatlar ancha oldin boshlangan ammo orada qora mushuk o‘tgan vaqtlar ham bo‘lgan. Shunga qaramay juftlik turmush qurgan va bu vaqtda Kreyg 43 yoshda bo‘lgan. 2011-yilda bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida faqatgina to‘rt kishi ishtirok etgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: qurgan, Qirq, Turmush, yulduzlari, Gollivud, yoshdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя