Главная » 2016 » Декабрь » 15 » “Qirol sher” multfilmi AQSh milliy boyligi deb tan olindi
16:32

“Qirol sher” multfilmi AQSh milliy boyligi deb tan olindi


“Qirol sher” multfilmi AQSh milliy boyligi deb tan olindi va Kongress kutubxonasida saqlanuvchi kartinalar ro‘yxatiga kiritildi. Bundan tashqari, ro‘yxatga 2016-yil hisobidan yana 24 ta lenta kiritildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Har yili kutubxona milliy ro‘yxatiga badiiy va madaniy qiymatga ega bo‘lgan 25 ta film kiritiladi. 2015-yil holatiga unda 675 ta kartina mavjud.

Ro‘yxat 2016-yil dekabr oyi oxirida yangi filmlar bilan boyitiladi: unga “Qirol sher” multfilmi, “‘Nonushta’ klubi” dramasi, Alfred Xichkokning “Qushlar” nomli trilleri, roud-muvi “Telma va Luiza”, 1903-yilda ishlab chiqarilgan “Amerikalik o‘t o‘chiruvchining hayoti” ovozsiz lentasi va boshqalar kiritiladi. Filmlarning to‘liq ro‘yxati AQSh Kongressi rasmiy saytida chop etilgan.

Otasini yo‘qotib qo‘ygan sher bolasi haqidagi dramatik multfilm 1994-yilda ekranlarga chiqqan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: deb tan olindi, Qirol Sher, AQSh milliy boyligi, Multfilm | Рейтинг: 5.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя