18:00 Qirol Charlz III va malika Diananing nikoh to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi | |
Bundan roppa-rosa 41 yil avval qirol Charlz III va Diana Spenserning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha kungi tadbir “asr to‘yi” deb nomlangan. Britaniyaning Daily Mail nashri malika Diana va shahzoda Charlzning (hozirgi qirol Charlz III) nikoh marosimidan tort bo‘lagi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani haqida xabar berdi. Qirollik saroyining a’zosi Nayjel Riketts shirinlikning kichik qismini saqlab qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, buyum tashqi tomondan deyarli buzilmagan. Bir parcha shirinlik narxi deyarli 336 dollarni tashkil qiladi. Xaridor asl qadoqdagi tort bo‘lagini va qirol Charlz III ning o‘zidan qo‘lyozma minnatdorchilik xatini oladi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|