Главная » 2021 » Март » 22 » Qashqadaryoda maktab o‘quvchisining sinfxonada qilgan noma’qul ishi uchun prokuraturada ishlovchi otasi jarimaga tortilgani ma’lum qilindi.
15:46

Qashqadaryoda maktab o‘quvchisining sinfxonada qilgan noma’qul ishi uchun prokuraturada ishlovchi otasi jarimaga tortilgani ma’lum qilindi.


Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi 1-maktab o‘quvchisining sinfxonada suv solingan chelakka hojatini chiqargani aks etgan video tarqaldi. Mazkur videodagi holatni o‘rgangan viloyat IIB o‘quvchining ota-onasi jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta-ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchisi maktabda belgilangan ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarini buzgan sinfdoshining nojo‘ya xatti-harakatini telefoniga tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ota-onalariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi (ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi) bilan ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, to‘plangan hujjatlar Qarshi shahar IIO FMB orqali voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qarshi shahar idoralararo komissiyaga taqdim etilgan.

Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati mazkur hujjatlarni o‘rganib chiqqan komissiya voyaga yetmagan o‘quvchilarning ota-onasiga ma’muriy jazo qo‘llab, jarimaga tortilganini ma’lum qilgan. Biroq jarima miqdori haqida so‘z ochmagan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tayanadigan bo‘lsak, 47-moddaning 1-qismi bilan ayblangan huquqbuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

“Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, huquqbuzarlik sodir etgan maktab o‘quvchisining otasi Qashqadaryo viloyat prokuraturasida mas’ul lavozimda faoliyat yuritadi. Mazkur ma’lumotni tasdiqlagan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javohir Rustamov prokuraturada faoliyat yurituvchi otaning qancha miqdorda jarimaga tortilganidan bexabarligini bildirdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: otasi, sinfxonada, noma’qul, maktab o‘quvchisining, jarimaga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя