Главная » 2021 » Сентябрь » 29 » Qashqadaryoda «Lasetti» portlab ketdi. Haydovchi omon qoldi
10:54

Qashqadaryoda «Lasetti» portlab ketdi. Haydovchi omon qoldi


Bugun, 29 sentyabr kuni soat 08:05 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanining Mustaqillik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan «Lasetti» rusumli avtomobilning gaz baloni portlab ketgan.

Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan. Avtomashinada faqat uning o‘zi bo‘lgan.

Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan.

«Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qa’tiy rioya etishlarini so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qashqadaryoda, haydovchi, Lasetti, OMON, portlab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя