Главная » 2022 » Август » 13 » Qashqadaryoda ikki kishi qishlog‘iga kelgan yigitni urib, o‘ldirib qo‘ydi
12:32

Qashqadaryoda ikki kishi qishlog‘iga kelgan yigitni urib, o‘ldirib qo‘ydi


Qashqadaryoda qo‘shni qishloqqa borgan yigit ikki kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 12 avgust kuni taxminan soat 01:30 lar atrofida Chiroqchi tumani “Galabek” MFYda yashovchi fuqaro H.O. qo‘shni qishloqqa borganida fuqarolar A.M. va Q.M. bilan janjallashib qolgan. Fuqarolar A.M. va Q.M. H.O.ni do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng, jabrlanuvchi H.O. Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay olgan tan jarohatlari sababli H.O. vafot etgan.

Holat yuzasidan 12 avgust kuni Chiroqchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolar A.M. va Q.M.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, Jinoyat-prossetsual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yigitni, o‘ldirib, kishi, ikki, qo‘ydi, Qashqadaryoda, kelgan, urib, qishlog‘iga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя