Главная » 2021 » Апрель » 16 » Qashqadaryoda eshak so‘yilayotgan xonadonlar aniqlandi
09:39

Qashqadaryoda eshak so‘yilayotgan xonadonlar aniqlandi


Qarshi shahar Arabxona MFY Yangibog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro X.Sh.ning xonadonida eshak hayvonlari so‘yilayotganligi viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Qarshi shahar IIO FMB xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida aniqlandi.

Tekshiruv davomida xonadondan bo‘g‘izlangan eshaklar va uning ajratilgan terilari, uyning xonalaridan birida eshak go‘shti deb gumonlangan so‘yilgan lahm go‘sht mahsulotlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib, olingan lahm go‘sht va terilar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Fuqarolarning kimga va qayerga eshak go‘shtini yetkazib berganligi yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Eshak, xonadonlar, Qashqadaryoda, so‘yilayotgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя