Главная » 2021 » Ноябрь » 8 » Qashqadaryoda aka ukasini bog‘lab, yoqib yubordi
16:17

Qashqadaryoda aka ukasini bog‘lab, yoqib yubordi


Joriy yilning 1 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida oyoq qo‘llari bog‘lanib, yoqib yuborilgan odam jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, soat 19:20 da G‘uzor tuman prokuraturasiga tuman IIB navbatchilik qismiga “Pachkamar” MFY, Pachkamar qishlog‘idagi eski gips tosh konidan yoshi 30-35 larda bo‘lgan erkak jasadi topilgani haqida xabar kelib tushgan.

Shaxsi noma’lum murda oyoqlari juft qilingan holda to‘piq sohasi, son sohasi va ko‘krak sohasidan sim bilan ikkala qo‘llari orqaga qayrilib bog‘langan, kuyish jarohatidan vafot etgan holda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni G‘uzor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Tezkor-surishtiruv davomida shaxsi noma’lum murda G‘uzor tumani “Sovlig‘or” mahallasida yashovchi 38 yoshli E.A. ekani, ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro esa uning 43 yoshli akasi E.K. ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, marhum E.A. mast holda doimiy ravishda onasi S.D.ni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, janjal qilib kelgan. 31 oktyabr kuni soat 14:00 da mast holda onasi bilan yana janjallashib, uni haqoratlab uydan chiqib ketganini eshitgan akaning jahli chiqqan. U ukasi shu qishloqdagi choyxonada sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik ichib o‘tirganini bilib, choyxonaga borib, ukasini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «Gentra»da uyiga olib kelgan.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, aka ukasini urib, qo‘l va oyoqlarini sim bilan bog‘lab, shu kuni soat 22:00 da qasddan o‘ldirish maqsadida, o‘zining avtomashinasi yukxonasiga joylab, G‘uzor tumani Pachkamar qishlog‘idagi adirlikka olib borib, ustiga benzin sepib yoqib yuborgan va qasddan o‘ldirgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: uka, yoqib, Qashqadaryo, AKA, yubordi, bog‘lab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя