Главная » 2016 » Декабрь » 8 » Putin Yaponiyaga nega tashrif buyurmoqchi?
18:15

Putin Yaponiyaga nega tashrif buyurmoqchi?


Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga rasman tashrif buyurishini ma’lum qildi. Siyosatchilarining aytishicha, Putin Yaponiyaga 15-16 dekabr kunlari safar qiladi. Rossiya rahbari Tokio va Nagatoga borishi aytilmoqda. Bu haqda “Rbc.ru” xabar bermoqda.  Tashrif doirasida Putin Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuv o‘tkazadi.
 
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi keyingi hamkorlik uchun ijobiy ta’sir o‘tkazishi kutilmoqda. “Prezident Putinning tashrifi kelgusida  Yaponiya-Rossiya munosabatlarining rivojlanishiga imkon yaratadi”, deb yozilgan Yaponi Tashqi ishlar vazirligi tayyorlagan press-relizda.
 
Dekabr oyi boshida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin 15-16 dekabr kunlari Yaponiyaga safar qilishini aytgan edi. Mamlakat rahbarining rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu safar chog‘ida ta’sir doirasi keng bo‘lgan hujjatlar imzolanadi.
 
“Bu mavhum emas, balki mutlaqo mustaqil suhbat, mutlaqo haqiqiy hujjatlar bo‘ladi. Ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolash imkoni tug‘iladi”, deb ta’kidladi Dmitriy Peskov.
 
Avvalroq, 2 dekabr kuni Rossiyaga Yaponi Tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida tashrif qilgan edi. Dastlab u mamlakat prezidenti Putin bilan uchrashdi. Keyingi kuni Yaponiyalik siyosatchi Rossiya Tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar olib bordi.
 
Rossiya tashqi ishlari vazirining aytishicha, hamkorlikdagi loyihalar kuchga kirganidan so‘ng Rossiya-Yaponiya munosabatlari yangi darajaga ko‘tariladi.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Putin, Yaponiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя