Главная » 2021 » Январь » 27 » Putin prezidentlikdan ketgach, nima bilan shug‘ullanishi mumkinligini aytdi
11:00

Putin prezidentlikdan ketgach, nima bilan shug‘ullanishi mumkinligini aytdi


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davlat rahbari lavozimidan ketgach, vinochilik bilan shug‘ullanishi mumkin. Bu haqda u talabalar bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi.

Putinning aytishicha, u biznesga qiziqmaydi. Uni vinochilik qiziqtirib qo‘ygan. Biroq biznes sifatida emas, faoliyati o‘laroq.

“Mana bu juda yaxshi, olijanob faoliyat. Biznes emas, faoliyat sifatida men qachondir bu bilan shug‘ullangan bo‘lardim”, degan Putin.

U shuningdek, huquq sohasida maslahatchi bo‘lishi mumkinligini ham aytib o‘tdi. Putin hozirda maslahatchisi bo‘lgan Boris Titov bilan ishlashi mumkin.

“Mening maslahatchim bor – Boris Titov, “Abrau-Dyurso” kompaniyasi egasi. U hozir mening maslahatchim. Qachonki ishni tugatsam, balki men unga maslahatchi bo‘lib borarman. Biznesmen sifatida emas, mutaxassisdek, hech bo‘lmaganda huquq sohasida”, deya qo‘shimcha qilgan Putin.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, biznes uni hech qachon qiziqtirmagan. Ammr u tadbirkorlikni olijanob ish deb biladi. Chunki shu orqali ish o‘rinlari ko‘payadi, iqtisodiyot rivojlanadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Putin, shug‘ullanishi, ketgach, prezidentlikdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя