Главная » 2021 » Апрель » 14 » PSJ Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi
21:37

PSJ Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi


«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda turinliklar safini tark etishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchi uchun «Real»ga qaytish asosiy maqsad bo‘lib turibdi, biroq madridliklarning transfer bozorida boshqa maqsadlari bor.

Shu bilan birga 36 yoshli futbolchi xizmatlariga PSJdan qiziqish bor, deya xabar qilmoqda AS. «Yuventus» Ronalduni Parijga qo‘yib yuborishga tayyor. Shuningdek, Turin klubi muzokaralar jarayonida fransuz klubi hujumchilari Mauro Ikardi va Moyze Kinni Ronalduga almashish variantini ham taklif qilib ko‘radi.

Ronaldu A Seriya 2020/21 yilgi mavsumida 27 o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda bormoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: sotib, Krishtianu Ronalduni, PSJ, olmoqchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя