Главная » 2023 » Июль » 6 » Prigojindan sado chiqdi
19:20

Prigojindan sado chiqdi


Bir haftalik jimlikdan so‘ng “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinning audioyozuvi yana tarqaldi. Audioxabar kecha, 3 iyul kuni “Vagner”ga yaqin “Grey Zone” Telegram-kanalida e’lon qilindi.

“Bugun biz har qachongidan ham ko‘proq sizning yordamingizga muhtojmiz. Buning uchun rahmat. “Adolat yurishimiz” sotqinlarga qarshi kurashish, jamiyatimizni safarbar qilishga qaratilganini tushunishingizni istardim. O‘ylaymanki, biz bu borada ko‘p narsaga erishdik”, degan “Vagner” rahbari.

Shuningdek, Prigojin yaqin kelajakda hamma “Vagner”ning navbatdagi g‘alabalarini frontda ko‘rishiga ishonch bildirgan. Biroq u xususiy kompaniyaning kelajakdagi rejalari va qayerda ekani haqida ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 26 iyun kuni “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin o‘zining “adolat marshi” tugaganidan beri birinchi marta matbuotga bayonot bergandi. Uning matbuot xizmati Telegram kanaliga 11 daqiqalik audioyozuvni joyladi. Ovozli xabarda Prigojin mamlakatda hukumatni ag‘darmoqchi emasligini ta’kidladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: chiqdi, Sado, Prigojindan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя