Главная » 2022 » Июль » 23 » Prezident ichimlik suvi taʼminoti toʼgʼrisidagi qonunni imzoladi
17:49

Prezident ichimlik suvi taʼminoti toʼgʼrisidagi qonunni imzoladi


  Endilikda ichimlik suvi tarmoqlarida taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotganda suv transportda yetkazib beriladi. Bu haqda kecha, 22 iyul kuni Oʼzbekiston Prezidenti imzolagan “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʼgʼrisida”gi qonunda belgilandi.

  Qonunga koʼra, isteʼmolchilarning sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanishi kafolatlanadi. Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

  Har qanday tashkilotlar ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti sifatida faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari isteʼmolchining hayotiga, sogʼligʼiga hamda mol-mulkiga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganlik uchun javobgar boʼladi.

  Isteʼmolchilar ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʼyicha xizmatlarning uzluksiz va xavfsiz koʼrsatilishini, shuningdek oʼz hayoti, sogʼligʼi va mol-mulkiga xavf tugʼdirmaydigan sifatga va miqdorga ega boʼlgan ichimlik suvi berilishini shartnoma shartlariga muvofiq talab qilish huquqiga ega.

  Ichimlik suvi inshootlari suv taʼminoti darajasi boʼyicha quyidagi toifalarga boʼlinadi:

• І toifa – xizmat koʼrsatiladigan aholi soni 50 mingdan ortiq;
• ІІ toifa – xizmat koʼrsatiladigan aholi soni 5 mingdan 50 minggacha;
• ІІІ toifa – xizmat koʼrsatiladigan aholi soni 5 minggacha.

Ichimlik suvi epidemiologik, radiatsiyaviy va kimyoviy jihatdan xavfsiz boʼlishi kerak. Ichimlik suvi sifatining tahlili ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining laboratoriyalarida amalga oshiriladi. 

Ichimlik suvi quyidagi hollarda transportda yetkazib beriladi:

• ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tarmoqlari mavjud boʼlmagan hududlarga;
• ichimlik suvi quvurlaridagi va ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarining boshqa inshootlaridagi avariyalar chogʼida;
• ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;
• favqulodda vaziyatlarda.

Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʼyicha xizmatlar uchun toʼlovlar xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi va OАVda eʼlon qilingandan keyin 15 kundan soʼng kuchga kiradi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: prezident, taʼminoti, imzoladi, qonunni, toʼgʼrisidagi, suvi, ichimlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя