Главная » 2021 » Сентябрь » 20 » Plyonka yo‘q: iPhone 13 seriyasidagi smartfonlarning yangi qadog‘i foydalanuvchilarni taajjubga soldi
11:39

Plyonka yo‘q: iPhone 13 seriyasidagi smartfonlarning yangi qadog‘i foydalanuvchilarni taajjubga soldi


Apple o‘z smartfonlarini yangicha qadoqlashni boshladi. Qadoq plyonkasining yo‘qligi yangi normaga aylanadi — internetda tarqalgan suratlar buni tasdiqlamoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Internetda Apple omborlaridan birining surati paydo bo‘ldi. Unda tez orada sotuvga chiqishi kerak bo‘lgan yangi iPhone qurilmalari joylashgan quti tasvirlangan.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, qutilarning usti plyonka bilan qoplanmagan. Bu nuqsonli qurilmalar emas, balki kompaniya tomonidan joriy etilayotgan yangi amaliyot. Plyonka olib tashlangan, ammo “himoya plombasi” deb nomlanuvchi narsa o‘rnatilgan — perforatsiyali qog‘oz tasma.

Apple ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 13 seriyalarining qutisida plyonkadan foydalanmaslik butun dunyo bo‘ylab 600 tonna plastik chiqindining kamayishiga xizmat qiladi. Keyinchalik barcha ishlab chiqaruvchilar Apple’ning yo‘lidan ketishi mumkin, chunki atrof-muhit muammosi ko‘plab texnologik gigantlarni tashvishga solib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Apple o‘zining yangi iPhone’lariga quvvatlantirish adapterini qo‘shishdan voz kechgandi. Olib qo‘yilgan jamlanmalar smartfon qutisi o‘lchamining kichrayishiga sabab bo‘ladi, bu esa ularni utilizatsiya qilishda zararli chiqindilarning havoga tarqalishini kamaytiradi. Shuningdek, bu elektron chiqindilar darajasini ham pasaytirishga xizmat qiladi. Apple’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu kabi o‘zgarish karbonat angidridning yiliga 2 million tonna havoga chiqishini qisqartiradi. Bu xuddi har yili yo‘llardan 450 mingta avtomobilni olib tashlashdek gap.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: qadog‘i, taajjub, iPhone 13 | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя