Главная » 2016 » Ноябрь » 17 » Plastikdagi pul qayoqqa yo‘qoldi?
18:48

Plastikdagi pul qayoqqa yo‘qoldi?


Yaqinda plastigimda muayyan miqdordagi pul yo‘qolganini sezib qoldim. Bu holatda kimga murojaat qilishim kerak?

Dilfuza Inog‘omova, Chirchiq sh.

M. EShMATOV, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rais o‘rinbosari:

— O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 30 aprelda 1344-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq, har bir plastik karta egasi o‘z kartasi hisobidagi pul mablag‘ini tasarruf etish huquqini beruvchi shaxsiy identifikatsiya raqami (PIN-kod)ga ega. PIN-kod karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda ham xavfsizlikni ta’minlovchi so‘nggi to‘siqdir. Plastik karta taqdim etilayotgan paytdagi bank-mijoz shartnomasiga muvofiq, karta PIN-kodi uning egasi tomonidan boshqa shaxsga oshkor qilingan taqdirda, barcha tranzaksiyalar uchun mas’uliyat karta egasi zimmasida qoladi. Noto‘g‘ri terilgan PIN-kod plastik kartani avtomatik ravishda blokirovka qilishga asos bo‘ladi. Plastik karta ochilgan bankka ariza bilan murojaat qilib, kartangizdagi pul mablag‘lari ishlatilishi bilan bog‘liq batafsil ma’lumotni olishingiz mumkin.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mutoala sahifa | | Теги: Pul, Plastik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя