Главная » 2016 » Декабрь » 19 » “Oskar” mukofotining eng yaxshi maxsus effektlar nominatsiyasi 10 da’vogar filmi e’lon qilindi
15:09

“Oskar” mukofotining eng yaxshi maxsus effektlar nominatsiyasi 10 da’vogar filmi e’lon qilindi


Nomzodlar orasida Disney kompaniyasi va uning bo‘limlarining 5 ta filmi bor, deb xabar berdi “Regnum.ru” nashri.

AQShda “Oskar” mukofotining “Eng zo‘r vizual effektlar” nominatsiyasiga da’vogar bo‘lgan 10 filmning nomi e’lon qilindi. Da’vogarlar ro‘yxatiga  Gollivud filmlari bilan bir qatorda Laika Entertainment  tomonidan suratga olingin “Kubo: samuray haqida afsona” animasion filmi ham kiritildi.

10 nafar da’vogar filmdan 5 nafari Disney kompaniyasi va uning bo‘limlari yaratgan filmlardir. Bular “Ilk qasoskor: yuzma-yuz” fantastik filmi, Maugli haqidagi “Jungli kitobi” filmi, “Doktor Strenj” super jangari filmi, oilaviy tomoshaga mo‘ljallangan “Ulkan va mehribon bahodir”, shuningdek, koinot afsonalariga bag‘ishlangan “Yolg‘iz qochqin. Yulduzlar jangi” filmlaridir. 

Bundan tashqari ro‘yxatga  “Chuqur suv osti ufqi”, “Yo‘lovchilar”, “Etib kelish” va “Fantastik maxluqlar: ular qaerda yashaydi?” filmlari ham kiritilgan. Finalga chiqadigan 5 film Amerika kinoakademiyasi  a’zolari tomonidan 2017 yilning 7 yanvar kuni aniqlanadi. Qo‘mita vakillari vizual effektni aniqlash maqsadida har bir filmdan 10 daqiqaga mo‘ljallab olingan lavhalarni tomosha qiladi.

24 yanvar kuni “Oskar-2017” g‘oliblari e’lon qilinadi. Nufuzli mukofot esa 2017 yilning 24 fevralida g‘oliblarga topshiriladi. “Oskar”ning 89-chi tantanali marosimini Jimmi Kimmel olib boradi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Oskar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя