Главная » 2022 » Октябрь » 1 » Osiyoda ilk bor dinozavr kim oshdi savdosiga qo‘yildi
18:34

Osiyoda ilk bor dinozavr kim oshdi savdosiga qo‘yildi


Tiranozavr reksning 12 metrli skeleti Gonkongdagi auksionda sotilishi rejalashtirilmoqda. Bunday dinozavr Osiyoda birinchi marta kim oshdi savdosiga qo‘yildi.

Tiranozavr reks Shen nomi bilan tanilgan. Uning toshga aylangan qoldiqlari 2020-yilda Montanadan topilgan. U bo‘r davrida, dinozavrlar davrining eng oxirida, 66-68 million yil oldin yashagan.

Mutaxassislar skeletni o‘lja qidirayotgan qadimgi yirtqichni ko‘rsatadigan pozada qayta yig‘ishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, model Tiranozavr reksning shafqatsizligini ifodalaydi. Uning uzunligi 12,2 m, balandligi 4,6 m va kengligi 2,1 m ga etadi va og‘irligi 1400 kg ga etadi.

Kim oshdi savdosi 30-noyabrga belgilangan. Bunday lotning narxi 120 milliondan 200 million Gonkong dollarigacha bo‘lishi kutilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Kim, ilk, Osiyoda, qo‘yildi, oshdi, bor, DINOZAVR, savdosiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя