Главная » 2021 » Февраль » 6 » Oltiariqda o‘g‘il o‘z ota uyiga o‘g‘irlikka tushdi
22:47

Oltiariqda o‘g‘il o‘z ota uyiga o‘g‘irlikka tushdi


2021 yil 15 yanvar kuni Oltiariq tumani «Farovon» mahallasi hududida yashovchi T.B. IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning 25 dekabr kunidan 15 yanvar kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi sandiq ichida bo‘lgan 1.900 AQSh dollari va 3.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni jabrlanuvchi T.B.ning birga yashovchi o‘g‘li A.T. sodir etganligi aniqlanib, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: uyiga, o‘g‘il, Oltiariqda, tushdi, o‘g‘irlikka | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя