Главная » 2021 » Июль » 26 » Olmazorda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan “GAZel” yonib ketdi
12:38

Olmazorda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan “GAZel” yonib ketdi


Toshkentning Olmazor tumanida ichida 8 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “GAZel” yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 26 iyul kuni soat 9:10 larda Olmazor tumanida ichida 8 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “GAZel” yuk mashinasi yonib ketdi.  Yong‘in yuk mashinasining dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelgani sabab sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, “GAZel”dagi yo‘lovchilar zudlik bilan tushirilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yonib, Gazel, Olmazorda, yo‘lovchilari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя