Главная » 2022 » Сентябрь » 11 » O‘zbekistonning ayrim joylarida qor yog‘ishi kutilmoqda
12:16

O‘zbekistonning ayrim joylarida qor yog‘ishi kutilmoqda


 

Joriy yilning 10-12 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

10-12 sentyabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

11 sentyabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.

11 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12 sentyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

11-12 sentyabrda respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13 darajagacha, kunduz kunlari 25-28 darajagacha pasayadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qor, O‘zbekiston, joylarida, ayrim, yog‘ishi, kutilmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя