Главная » 2021 » Ноябрь » 9 » O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida kuzatilayotgan qisqa muddatli uzilishlar sababi ma’lum qilindi
20:30

O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida kuzatilayotgan qisqa muddatli uzilishlar sababi ma’lum qilindi


Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda suv tanqisligi tufayli O‘zbekistondagi gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 23 foizga kamaydi.
“GESlarda suv hajmining kamligi sababli elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kamayishi kuzatilmoqda va buning natijasida ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Bu gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ehtiyojni to‘liq qoplash uchun zarur miqdorda elektr energiyasi yetishmasligiga olib keldi”, — deb qayd etgan vazirlik.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yilda gidroelektr stansiyalarda ishlab chiqarish 6,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan, 2021-yilda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi ko‘rsatkich kabi 5 milliard kilovatt-soat yoki 1,5 milliard kilovatt-soatga kam (23 foiz)ni tashkil etmoqda.

Mazkur 1,2 milliard kilovatt-soat elektr energiya bilan respublika aholi iste’molchilarini bir oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin.

“Joriy yilda suv omborlarida belgilangan suv zaxiralari to‘planmagani nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni respublikalarda ham kuzatilmoqda. Shunga qaramasdan mamlakatimizda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda, elektr stansiyalar orqali rejada ko‘rsatilgan hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda”, — deb ta’kidlangan Energetika vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirgandi. Qirg‘iziston energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida joylashgan “Toqtogul” suv omborining suv sathi “o‘lik chegara” darajasigacha tushishi ehtimoli borligini, bu holat suv omboriga tutash daryolar oqib o‘tadigan qo‘shni mamlakatlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishini ma’lum qilgan.

Qirg‘izistonlik amaldor vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zaruriyati mavjudligini qayd etgan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sababi, qilindi, elektr, muddatli, kuzatilayotgan, qisqa, ta’minotida, O‘zbekiston, hududlarida, energiyasi, ayrim, ma’lum, uzilishlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя