Главная » 2021 » Август » 30 » O‘zbekistonga Erondan yana issiq va quruq havo kirib keladi
14:37

O‘zbekistonga Erondan yana issiq va quruq havo kirib keladi


Avgust oyining oxirgi kunlari O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va huddi yoz oylaridek issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi. 

Bunday holat janubi-g‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati ushbu kunlarda kechalari 15-20° ni, kunduz kunlari 30-35° ni tashkil etadi.

Sentyabr oyining birinchi besh kunligida Mustaqillik bayramini nishonlash kunlarida O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi.

Respublikaning barcha hududida kuchsiz, ba’zi joylarda biroz shamollar bilan asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat yana ko‘tarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib, kunduz kunlari termometr ustuni 36-39° gacha ko‘tariladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Erondan, O‘zbekistonga, issiq, quruq, havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя