Главная » 2017 » Август » 23 » O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etiladi
14:41

O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etiladi


O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar beradi "Gazeta.uz".

Yangi tashkil etiladigan vazirlik Maktabgacha ta’lim vazirligi bo‘ladi. O‘zbekistondagi bog‘chalarga bolalar 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi.

"Prezidentimiz bizning oldimizga bolalar maktabga ilm olishga tayyor bo‘lib kelishlari uchun sharoit yaratish masalasini qo‘ydilar. Shu munosabat bilan kelajakda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘i rivojlanadi. Ular bir necha turda(davlat, nodavlat, bolalar qisqa muddatda ta’lim oladigan) bo‘ladi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish talab qilinadi",—dedi Xalq ta’limi vaziri. .

Uning so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim vazirligi bolalarni maktabga tayyorlash, ularni tarbiyalash, ta’lim berish uslublari masalalari bilan shug‘ullanadi.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, etiladi, tashkil, vazirlik, Yangi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя