Главная » 2017 » Март » 6 » O‘zbekistonda oktabrdan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi
13:14

O‘zbekistonda oktabrdan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi


O‘zbekistonda 1-oktabrdan milliy haydovchilik guvohnomasi va avtomotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi, plastikdan tayyorlangan namunalari joriy etiladi. Hukumatning bu haqdagi 2-mart kuni imzolangan qarori IIV saytida e’lon qilindi.

Yangi namunadagi hujjatlar milliy haydovchilik guvohnomasining Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya (Vena shahri, 1968-yil 8-noyabr) tavsiyalariga muvofiqligini ta’minlash, milliy haydovchilik guvohnomalarini hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni samarali tashkil etish maqsadida joriy etilmoqda.

1-oktabrdan boshlab haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishda — haydovchilik guvohnomasining, avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda) — avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalari beriladi.

Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi berilgan kundan boshlab 10 yil muddatga beriladi. Amaldagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagilariga almashtirish 2017-yil 1-oktabrdan 2018-yil 31-dekabrgacha — eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — ular egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda, 2019-yil 1-yanvardan 2020-yil 31-dekabrgacha esa — eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017—2020-yillar mobaynida bosqichma-bosqich — avtomototransport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda amalga oshiriladi.

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) tartibi to‘g‘risidagi nizomga, ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlarini soddalashtirishni nazarda tutgan holda, o‘zgartishlar kiritish ko‘zda tutilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: haydovchilik guvohnomasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя