Главная » 2021 » Май » 1 » O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlaydigan maktab ochiladi
10:28

O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlaydigan maktab ochiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-5100, 30.04.2021-y.)ga asosan Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, maktabda ta’lim faoliyati 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi hamda dastlab, qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) asosida «Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi» bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Maktabda talabalar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan belgilanadi.

Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aviatsiyasi, tayyorlaydigan, uchuvchilarini, Maktab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя