Главная » 2017 » Август » 14 » O‘zbekiston terma jamoasi Qatarga qarshi o‘ynaydi
16:35

O‘zbekiston terma jamoasi Qatarga qarshi o‘ynaydi


Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Qatar U-16 termasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FF Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur uchrashuvlar shu yilning 19 va 21 avgust kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak o‘yinlarga qaysi futbolchilar yo‘l olishi keyinroq ma’lum qilinadi.

Qatar U-16 termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari O‘zbekiston o‘smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: futbol, O‘zbekiston terma jamoasi, Qatar, o'yin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя