Главная » 2016 » Декабрь » 27 » O‘zbekiston bosh archasining chiroqlari yoqildi
09:48

O‘zbekiston bosh archasining chiroqlari yoqildi


Bu yil O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi "Lokomotiv-Anxor” bog‘i yonidagi salkam 4 gektar hududda bunyod bo‘lgan bayram maydonining markazida qad ko‘tardi, deb yozadi “Uz24.uz”.

Yangi yil archasining balandligi 26 metr, aylanasi 7,7 metrga teng. Uning barcha ehtiyot qismlari, hattoki unga bezatiladigan o‘yinchoqlar ham Rossiyadan keltirildi. Archa 10 mingdan ziyod qo‘g‘irchoq va rang-barang tovlanuvchi chiroqlar bilan bezatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2016 yil 28 dekabrdan boshlanadi va 2017 yil 8 yanvargacha davom etadi. Yangi yil archalari poytaxtning yana 8 ta maydonida o‘rnatildi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston bosh archasi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя