Главная » 2022 » Сентябрь » 12 » O‘zbekiston afg‘on xalqiga 58 tonna insonparvarlik yordami yubordi
12:17

O‘zbekiston afg‘on xalqiga 58 tonna insonparvarlik yordami yubordi


O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 tonna yukni o‘z ichiga olgan navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazib berdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi maʼlum qildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoev topshirig‘iga binoan, O‘zbekiston Respublikasining birodar afg‘on xalqiga 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yuklari ortilgan avtomashinalari Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga yetkazib berildi”, deyiladi xabarda.

Bu galgi ko‘rsatilgan yordam avvalgilaridan farqli ravishda, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarning o‘zlariga tarqatilgan.

420 ta oilaga mo‘ljallangan insonparvalik yordami tarkibida 50 kilogramdan un, 25 kilogramdan guruch, 10 kilogramdan shakar, 10 litrdan yog‘, 10 bankadan tushonka, 10 bankadan murabbo, 2 qutidan makaron, 2 qutidan lapsha mahsulotlari mavjud.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 58, xalqiga, O‘zbekiston, yubordi, yordami, tonna, afg‘on, insonparvarlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя