Главная » 2018 » Май » 31 » «O‘zavtosanoat» elektromobillar ishlab chiqaradi
21:34

«O‘zavtosanoat» elektromobillar ishlab chiqaradi


«O‘zavtosanoat» O‘zbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda», deya xabar qildi kompaniya boshqaruv raisi Umidjon Salimov payshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. , — dedi u.

«Gazeta.uz»ning yozishicha, «O‘zavtosanoat» rahbari elektromobillarni «Bu avtomobilsozlik kelajagi», deb atagan.

«Biz Toshkentdagi Turin universiteti qoshidagi Innovatsiya markazida elektromobillarni ishlab chiqarishni joriy etish va tashkil qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruh tashkil qildik. Buni biz qilamiz», — dedi «O‘zavtosanoat» rahbari.

«Bu biz uchun yangi yo‘nalish va biz hozirda elektromobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqmoqdamiz». Hujjat ikki oy davomida tayyor bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, elektromobillar ishlab chiqaruvchi potensial hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda, dedi Umidjon Salimov.

U shu yozda Toshkentga test sinovlarini o‘tkazish uchun ikki dona elektromobil namunasi — «Chevrolet Bolt» va Xitoyning «JAC» modeli olib kelinishini ma’lum qildi. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab — Andijondan Qoraqalpog‘istongacha yurib o‘tadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: elektromobil, O‘zavtosanoat, ishlab chiqaradi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя