Главная » 2022 » Август » 10 » O‘qishga kirish orzusidagi fuqarolardan pul undirayotganlar ushlandi
19:39

O‘qishga kirish orzusidagi fuqarolardan pul undirayotganlar ushlandi


Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyatlarida katta pul evaziga fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumanida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetning kabinet mudiri vazifasida ishlovchi S.M. fuqaro Sh.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali  universitetning 2-mutaxassisligiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Xizmati evaziga 3 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Andijonda fuqaro SH.A. fuqaro D.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon davlat universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida fuqaro S.I. boshqa bir fuqaro Z.ni tanishlari orqali Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kirish, orzusidagi, ushlandi, undirayotganlar, fuqarolardan, Pul, o‘qishga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя