Главная » 2020 » Апрель » 23 » O‘h-ho‘! Buxoroda 58 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
19:21

O‘h-ho‘! Buxoroda 58 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi


Koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgan bir paytda, yurtimiz shifokorlari sarosimiga tushmasdan, o‘z qasamyodlariga sodiq holda, pandemiya bilan kurashishdek katta mas’uliyatni  zimmalariga olishdi. Bor bilim va tajribasini ishga solgan holda qahramonlarcha koronavirus balosiga qarshi kurashishga kirishdilar va samarali natijalarga ham erishmoqdalar.
 
Jumladan, Buxoro viloyatidan yana xushxabar: 58 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi. E’tiborli jihati, Buxoro viloyatida bugunning o‘zida 95 nafar bemor sog‘aydi.

Shunday qilib, so‘nggi uch kun davomida: birinchi kun 96, ikkinchi kun 93, bugun esa 111 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 561 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bemor, Buxoroda, koronavirusdan tuzaldi, O‘h-ho‘ | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя