Главная » 2016 » Декабрь » 7 » O‘g‘lingizga to‘g‘ri tarbiya berayapsizmi?
18:50

O‘g‘lingizga to‘g‘ri tarbiya berayapsizmi?


O‘g‘il bola tarbiyasi juda murakkab va mas’uliyatli ish. Bu borada yo‘l qo‘yilgan kichik xato ham kelgusida qimmatga tushishi hech gap emas. Xo‘sh, tarbiya borasida siz to‘g‘ri yo‘l tutayapsizmi? Qanchalik chidamli va sabrlisiz? Farzandingizning his­tuyg‘ularini anglayapsizmi? Quyidagi test mazkur savollarga javob topishga yordam beradi.

1. Farzandingiz uchun mo‘ljallangan bolalar xonasi bormi?

ha– 5

Yo‘q–1

2. O‘g‘lingiz bilan birga o‘yin o‘ynash, qiziqarli mashg‘ulotlar  o‘tkazish yoki ko‘ngilochar maskanlarga borish uchun vaqt ajratasizmi?

        ha–5

Yo‘q–1

3. O‘g‘lingiz ovqat yeyishni istamayapti, injiqlik qilib, o‘yinchoqlarini har tomonga uloqtirayapti. Qaysarligiga toqat qilolasizmi?

Doimo–5

Ba’zida–3

hech qachon–1

4. Aytaylik, farzandingiz sho‘xlik qilib, qimmatbaho buyumni sindirdi, kerakli hujjatlarni yirtib qo‘ydi, birovning narsasiga ziyon yetkazdi va hk. lar.  Uni kechirasizmi?

ha–5

ba’zida–3

hech qachon–1

5. Bolani kaltak bilan jazolashga munosabatingiz. Siz shunday qilarmidingiz?

Tez tez–1

Ba’zida–3

Umuman olganda yo‘q–5

6. O‘ylab ko‘ringchi, farzandingiz har bir qadamini so‘roqlaysizmi? har bir ishda sizga hisob berishini, doimo maslahatingizga amal qilib yashashini istarmidingiz?

ha–1

Ba’zida–3

Yo‘q, xohlamayman–5

7. Tanbeh bersangiz quloq soladimi?

ha–5

Ba’zida–3

hech qachon–1

8. Biror nimani ta’qiqlab qo‘ysangiz, bu ishni nima uchun qilayotganingizni tushuntirasizmi yoki yo‘q?

ha, har doim–5

Ba’zida–3

hech qachon–1

9. Ba’zi ota-onalar farzandlarini ma’lum bir vazifalar bilan band qilishni ma’qul ko‘rishadi. Sizda ham shunday odat bormi?

Doimo–5

Ba’zida–3

Yo‘q–1

10. Bola tarbiyasiga oid maxsus o‘quv qo‘llanmalar (gazeta, jurnal, kitoblar)dan foydalanasizmi?

ha–5

Ba’zida–3

Yo‘q–1

NATIJA:

 

10 dan 23 balgacha: Baxtga qarshi e’tiborsiz tarbiyachisiz. Farzandingiz nima istashini bilmaysiz, qaysarlik qilsa, erkalansa, qanday yo‘l tutishni bilmay, o‘zingizni nazorat qilolmay qolasiz. O‘g‘lingizni tinglamay unga qo‘pol munosabatda bo‘lmang. Balki o‘zingizga bilinmas, lekin tashqaridan qaraganda siz va dilbandingizning harakatlari, noo‘rin qiliqlari xunuk ko‘rinadi. Mulohazali bo‘ling.  Sizga maslahatimiz, bolangiz uchun ko‘proq vaqt ajrating.

24 dan 37 balgacha: Bola tarbiyasiga bo‘lgan munosabatingizni ijobiy baholasa bo‘ladi. Lekin sizga ozgina sabr­toqat yetishmaydi. Farzandingizning bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan xatosini asabiylashmasdan tushunishga harakat qiling. Turli misollardan foydalanishingiz mumkin. O‘g‘lingizga sizning mehr va e’tiboringiz zarur. Siz bilan bamaslahat ish ko‘rishini istasangiz, u siz uchun qanchalik aziz va qadrli ekanini ko‘rsatishdan cho‘chimang.

38 dan 50 balgacha: Siz a’lo darajadagi tarbiyachisiz. Farzandingizga mehr bilan tarbiya berasiz. Sabr, matonatingiz yetarli. Lekin ba’zida biroz qattiqqo‘l bo‘lish ziyon qilmaydi. To‘g‘ri, o‘g‘lingiz mustaqil bo‘lib voyaga yetishini istaysiz. ha deb ta’qiqlar qo‘yavermang. Yutuqlari uchun rag‘batlantirib turing.

 

 Dilnoza JO‘RAYEVA tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Testlar, Psixologiya | | Теги: tarbiya | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя