Главная » 2022 » Апрель » 13 » Nukusda patologoanatom tomonidan yorib ko‘rilgan chaqaloq tirik bo‘lib chiqdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
16:29

Nukusda patologoanatom tomonidan yorib ko‘rilgan chaqaloq tirik bo‘lib chiqdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan


Nukusda chaqaloqning o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi.

Ma’lum qilinishicha, Nukus shahrida yashovchi fuqaro N.Y. 2021-yilning 14-fevral kuni qiz jinsli chaqaloqni dunyoga keltirgan. 15-fevral kuni soat 09:15 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy perinatal markazi shifokorlari tomonidan ushbu chaqaloq o‘lgani qayd etilib, soat 10:15 da patologiya byurosi xodimlariga berib yuborgan.

Patologiya byurosi xodimlari tomonidan chaqaloqning ko‘krak qafasida anotomik kesma kesgan vaqtida chaqaloqda hayotiy belgilar aniqlangan. Shunday bo‘lsa-da, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi perinatal markazi shifokorlari chaqirilib, chaqaloq qaytarib berib yuborilgan.

Natijada, chaqaloq o‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmagani oqibatida vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan 2021-yil 6-aprel kuni Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari davomida tayinlangan komissiyaviy sud-tibbiyot ekspertizasining 2021-yil 26-oktabrdagi xulosasida fuqaro N.Y.ning chaqalog‘i o‘limiga amaldagi standartlarga muvofiq reanimatsion yordam — o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi, surfaktant va lozim darajada qarov o‘tkazilmagani hamda patologo-anatomik tadqiqot maqsadida tirik chaqaloqda o‘tkazilgan anotomik kesma-jarohat sabab bo‘lgani, standartlarga muvofiq davo muolajalari o‘tkazilgan taqdirda, chaqaloq hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lgani ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy perinatal markazi chaqaloqlarning reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan A.D., Qoraqalpog‘iston Respublikasi perinatal markazi neonatolog shifokori bo‘lib ishlagan S.R. va Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologiya-anatomiya byurosi patologiya-anatom shifokori K.G. Jinoyat kodeksi 116-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan.

2021-yilning 4-dekabr kuni jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, ayblanuvchilarga e’lon qilingan va shu kuni jinoyat ishi hujjatlari ayblanuvchilarga tanishib chiqish uchun taqdim etilgan va jinoyat ishlar bo‘yicha Nukus shahar sudiga Jinoyat-protsessual kodeksining 388-moddasi muvofiq mazmunan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Hozirgi vaqtda holat jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yorib, bo‘lib, iSHi, tirik, yuzasidan, jinoyat, chiqdi, tomonidan, patologoanatom, Nukus, ko‘rilgan, Chaqaloq, qo‘zg‘atilgan, Holat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя