Главная » 2017 » Август » 26 » Noma’lum erkak Bukingem saroyi yaqinida ikki nafar politsiyachiga jarohat yetkazdi
12:55

Noma’lum erkak Bukingem saroyi yaqinida ikki nafar politsiyachiga jarohat yetkazdi


Londonning Bukingem saroyi yaqinida noma’lum erkak ikki nafar politsiyachiga jarohat yetkazdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi. “Ikki nafar politsiyachi Bukingem saroyi yaqinida pichoq bilan qurollangan erkakni hibsga olayotgan vaqtda jarohat oldi”, — deyiladi xabarda.

Jinoyatchi saroy hududiga kirguniga qadar to‘xtatib qolingan. U og‘ir tan jarohati yetkazish va politsiyachilarga hujum uyushtirishda gumonlanib hibsga olingan. Jarohat olgan politsiyachilar voqea joyida qolgan.

Bukingem saroyi vakili xavfsizlik masalalari yuzasidan izoh berishni istamadi.

Saroyda qirolicha Yelizaveta II ning rasmiy qarorgohi joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa yaqinida qirollik oilasi a’zolari bo‘lmagan.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Noma’lum erkak Bukingem, nafar, ikki, politsiyachiga jarohat yetkazdi, yaqinida, saroyi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя