Главная » 2020 » Август » 6 » Nochor ahvolda qolgan ayol o‘zini elektruzatish ustunidan tashlamoqchi bo‘ldi
19:31

Nochor ahvolda qolgan ayol o‘zini elektruzatish ustunidan tashlamoqchi bo‘ldi


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yuqori voltli elektruzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olgan shaxs haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 6-avgust kuni Olmazor tumanida xizmat olib borgan profilaktika inspektorlari A. Karimov va Z. Jabborberganovlar hamda patrul-post xizmati avtoekipaji xodimlari Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida yuqori voltli elektruzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olgan ayolni ko‘rib qolishadi. Ayol atrofdagilarga o‘zini tepadan tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchiligini aytgan.

IIBB xodimlari shu atrofda bo‘lgan Sergeli tumani 8-son yong‘in-qutqarish qismi mutaxassisi safdor Sherzodbek Nurmuhamedov bilan ayolning yoniga chiqib, uni pastga tushirgach, Olmazor tumani IIO FMB 6-son IIBga yetkazishdi. Ayolning shaxsi aniqlandi: Farg‘ona viloyatilik 36 yoshli D.U. vaqtinchalik poytaxtning Olmazor tumanida yashab kelgan. O‘z hatti-harakatining sababi so‘ralganda ayol ishsiz qolib, nochor ahvolda ekanligini ma’lum qilgan. Olmazor tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2-sektor boshlig‘i ayolni tinglab, unga yarimfabrikat ishlab chiqaruvchi korxonaga ishga joylashishda yordam berdi. Shuningdek ayolga ikki million so‘m miqdorida moddiy yordam berildi. 

Hozirgi vaqtda psixolog ayol bilan ish olib bormoqda.

«Hurmatli hamshaharlar va poytaxt mehmonlari! Agar siz ishga joylashish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan bo‘lsangiz, vakolatli idoralarga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Pandemiya sababli yuzaga kelgan hozirgi qiyin sharoitda ham mehnat bozorida ko‘plab bo‘sh o‘rinlari mavjud», deyiladi IIBB xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: elektruzatish, o‘zini, qolgan, Nochor ahvolda, ustunidan, bo‘ldi, tashlamoqchi, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя