Главная » 2020 » Апрель » 17 » Nobel mukofoti sovrindori: koronavirus laboratoriyada yaratilgan
22:16

Nobel mukofoti sovrindori: koronavirus laboratoriyada yaratilgan


2008-yilda OIVni kashf etgani uchun Nobel mukofotini olgan fransiyalik virusolog Lyuk Montanening fikricha, yangi COVID-19 koronavirusi tabiiy paydo bo‘lmagan, u laboratoriyada yaratilgan.

«Ushbu virus bilan manipulyasiya qilingan, degan xulosaga keldik», — dedi Montane <CNEws> telekanaliga bergan intervyusida. Uning ta’kidlashicha, COVID-19 ga OIV zarralari qo‘shilgan.

«Virus tabiiy kelib chiqmagan, bu molekulyar biologlarning ishi», — deb hisoblaydi virusolog. — Qanday maqsadda yaratilgani noma’lum. Mening vazifam — faktlarni keltirish, men hech kimni ayblamayapman, buni kim va nima uchun qilganini bilmayman. Ehtimol, ular OITSga qarshi vaksina ishlab chiqmoqchi bo‘lishgandir».

Shu bilan birga, «Pourquoi docteur» portaliga bergan intervyusida bu virus Uxan laboratoriyasidan chiqqanligini aytib o‘tgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: laboratoriyada, Koronavirus, sovrindori, yaratilgan, Nobel mukofoti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя