Главная » 2021 » Март » 8 » Navoiyda pochchasi bilan ichkilikbozlik qilgan uka opasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
12:35

Navoiyda pochchasi bilan ichkilikbozlik qilgan uka opasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi


Navoiy viloyati Karmana tumanida pochchasi bilan janjallashib qolgan uka ularni ajratishga uringan opasini pichoqlab qo‘ydi, deb xabar beradi Oliy sud matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Karmana tumanida yashovchi Uyg‘un (ism-shariflar o‘zgartirilgan) bayramni uyida qarindoshlari bilan birga nishonlashga qaror qilgan va ikki opasiga qo‘ng‘iroq qilib, avval bayram bilan tabriklagan so‘ng, ularni pochchalar bilan birga uyiga mehmondorchilikka chaqirgan.

Shu kuni tushda Uyg‘un to‘ng‘ich pochchasi bilan ichkilikbozlikni boshlab yuborgan. Kechki payt ularning davrasiga kichik pochchasi Davlat Otajonov ham kelib qo‘shilgan. Birozdan so‘ng katta pochcha uyiga ketgan.

Uyg‘un bilan Davlat esa, ichkilikbozlikni davom ettirgan. Biroq ular o‘zaro gap talashib qolgan va Uyg‘un pochchasini haqoratlagan. Davlat ham bunga javoban har xil noo‘rin so‘z­lar aytgan. Jahl otiga min­gan Uyg‘un Davlatning kiyi­mini yirtib tashlagan. Shunda uning opasi o‘rtaga tushib, erini tashqariga chiqarib yuborgan. Bundan g‘azablangan Uyg‘un opasining chap tomon yelka o‘mrov sohasiga qo‘lidagi o‘tkir oshxona pichog‘ini sanchib olgan. Og‘ir tan jarohati olgan ayol tez tibbiy yordam avtomashinasida zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Sud majlisida so‘roq qi­lingan sudlanuvchi Uyg‘un Shokirov aybiga iq­rorlik bildirmagan. Uning ta’kidlashicha, “tarvuz so‘yayotganda pichoq to‘­satdan opasining tanasiga kirib ketgan”.

Jinoyat ishi yuzasidan guvoh sifatida so‘­roq qilingan jabrlanuvchining qonuniy vakili Davlat Otajonov va bosh­qa guvohlarning ko‘rsatmalari, shuningdek, Xadicha Sulaymonova nomidagi sud-tibbiy eks­pertiza ilmiy-amaliy markazi Navoiy filiali Kar­mana tuman bo‘­linma­sining 2020-yil 10-sentabrdagi 51-sonli xulosasiga asoslanib, sudlanuvchining ko‘rsatmalarini javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida o‘ylab topilgan vajlar deb topdi.

Sud majlisida qo‘­shimcha gu­voh sifatida so‘roq qilingan sudlanuvchi Uyg‘un Shokirov istiqomat qiladigan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S. Tojiqulovning ko‘rsatmasi ham olingan.

“Uyg‘un ilgari ham spirtli ichimlik iste’mol qilib, tez-tez janjal chiqarib turar edi. Opasi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik bo‘l­ganini eshitmaganman. Lekin pochchasi Davlat Otajonov bilan chiqisholmasligidan xabardor edim”, — deydi u.

Sud sudlanuvchi Uyg‘un Shokirovni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topgan va unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qi­lish jazosini tayinlagan.

Farg‘onada kelinini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingani, Samarqandda ikki yigitning o‘zaro janjali birining pichoqlab o‘ldirilishi bilan yakunlangani, Andijonda er ishdan kech kelgan 21 yoshli ayolini urib, o‘ldirib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Navoiyda, opasini, ichkilikbozlik, o‘ldirib, pochchasi, pichoqlab, uka | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя