Главная » 2022 » Сентябрь » 3 » Navoiy aeroportida xorijga pul olib ketayotgan shaxslar ushlandi
17:22

Navoiy aeroportida xorijga pul olib ketayotgan shaxslar ushlandi


Navoiy xalqaro aeroportida xorijga 17,5 ming AQSH dollarini deklarasiyada taqdim etmasdan olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, aeroport chegara-bojxona postida qo‘shni mamlakatga uchib ketayotganlar orasidagi to‘rt nafar fuqaroning xatti-harakati bojxonachilar e’tiborini tortgan. Ushbu shaxslar belgilangan tartibda to‘xtatilib, bojxona nazoratdan o‘tkazilgan.

Natijada ularning yonida yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan 17,5 ming dollar xorijiy valyuta borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ketayotgan, shaxslar, Xorijga, aeroportida, Navoiy, Pul, ushlandi, olib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя