Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » Nasiba Abdullayeva Jahongir Otajonovning kechirimiga javob qaytardi
09:53

Nasiba Abdullayeva Jahongir Otajonovning kechirimiga javob qaytardi


28-29 oktabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida xonanda Jahongir Otajonovning “Kuz gullari” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Xonanda konsertiga mehmon sifatida taklif etilgan O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevadan kutilmaganda sahnadan turib kechirim so‘ragani haqida avvalroq xabar bergan edik. Jahongirning aytishicha uning qaysidir taronasi Nasiba Abdullayevaning taronalaridan biriga o‘xshab qolgan.

Xonandaning so‘ragan kechirimiga Nasiba Abdullayeva qanday javob bergani bilan “Daryo.uz” nashri qiziqib ko‘rdi.

— Bilmadim, Jahongirning o‘zi o‘xshatgan bo‘lishi mumkin, ammo men o‘xshashlik sezmadim. Nisbatan xotirjam tabiatimni hisobga olganda, qo‘shiqlarimizni bir-biriga o‘xshatib bo‘lmaydi. Avvalo qo‘shiqlar bir-biriga o‘xshab qolmagan, o‘xshab qolganida ham hech qanday e’tirozim bo‘lmasdi. Sababi, bir-biriga o‘xshamagan, keraksiz qo‘shiqlar ko‘payib ketganidan ko‘ra yaxshi qo‘shiqlarning o‘xshash bo‘lgani ma’qul, deb o‘ylayman.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Nasiba Abdullayeva, Jahongir Otajonov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя