Главная » 2022 » Сентябрь » 14 » Nargiz Zokirova jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
11:58

Nargiz Zokirova jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin


Nargiz Zokirova yana rus matbuoti eʼtibor markaziga tushdi. Bu safar u mualliflik huquqini buzganlikda va taqiqlangan qo‘shiqlarni O‘zbekistonda kuylaganlikda ayblanmoqda.

Nargiz Zokirova 2014-2019- yillar oralig‘ida rossiyalik mashhur prodyuser Maksim Fadyev bilan ijodiy hamkorlik qilgan. Biroq, 2019 yil avgustda Fadyev o‘zaro tushunmovchiliklar sabab Nargiz bilan shartnomani bir tomonlama bekor qildi va unga hamkorlik davrida yozilgan barcha qo‘shiqlarni ijro etishni taqiqladi.

Ammo Nargiz Zokirova O‘zbekistondagi shaxsiy tadbirlar, to‘ylarda mualliflik huquqi endi unga tegishli bo‘lmagan taronalarni ijro etayotgani tasvirlangan video tasvirlar rossiyalik internet foydalanuvchilari va OAV eʼtiborini tortgan.

Rus matbuotiga ko‘ra, agarda Maksim Fadyev yoki uning prodyuserlik markazi sudga murojaat qilgudek bo‘lsa, Nargiz Zokirova mualliflik huquqini buzganligi uchun moddiy, hatto, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shuningdek, rus jurnalistlari avgust oyida xonandaning homilador ekani haqida tarqalgan xabarlarni ham “xayp” maqsadida tarqatilgan “feyk” xabar, deb hisoblagan.

Maʼlumot uchun, Maksim Fadyev mualliflik huquqini o‘zida saqlab qolgan qo‘shiqlar qatorida: “Vdvoyom”, “Shum serdsa”, “Proщay, lyubimыy gorod”, “YA ne veryu tebe”, “Tы – moya nejnost”  kabi taronalar bor.

Maʼlumot o‘rnida, Nargiz Zokirova Rossiyaning 24 fevral kuni Ukrainaga qarshi boshlagan harbiy harakatlarini tanqid qilgani sababli Rossiya Federal xavfsizlik xizmati qabul qilgan qarorga ko‘ra, 2072 yilgacha Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilingan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: NARGIZ, jinoiy, mumkin, tortilishi, javobgarlikka, Zokirova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя