Главная » 2022 » Октябрь » 6 » Namanganda o‘quvchilar o‘qituvchini kaltaklagani aytilmoqda
17:42

Namanganda o‘quvchilar o‘qituvchini kaltaklagani aytilmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 29-maktabda o‘quvchilar o‘qituvchini kaltaklagani haqida xabarlar va video tarqaldi. Xalq taʼlimi vazirligi holatga munosabat bildirdi.

Namangan viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasidan olingan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘qituvchi o‘quvchini sinfdan chiqarib yuborgan. O‘quvchi esa sinfga qaytib kirib, o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan. Qolgan o‘quvchilar esa o‘qituvchi va o‘quvchini ajratgan. 

Ayni vaqtda mazkur holat Namangan viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniq maʼlumotlar taqdim etiladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Namanganda, o‘quvchilar, o‘qituvchini, aytilmoqda, kaltaklagani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя