Главная » 2022 » Май » 6 » Murod Nazarov qamab qo‘yildimi?
21:27

Murod Nazarov qamab qo‘yildimi?


Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik taniqli tadbirkor, “Murad buildings” qurilish shirkati ta’sischisi Murod Nazarov hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Turli mish-mishlarga tadbirkorning o‘zi ko‘p kuttirmay raddiya berdi.

Murod Nazarov Facebook'dagi sahifasida sport bilan shug‘ullanayotgandagi suratini joylab, o‘zining hibsga olingani haqidagi xabarlarni shunday izohlagan:“Kimdir hibsga olinganimni, kimdir biznesim yoki oilam haqida yozmoqda... Odamlar ko‘rmoqchi bo‘lgan narsasini ko‘radi, eshitishni xohlagan narsasini eshitadi va ishonishni xohlagan narsaga ishonadi va o‘ziga yoqmagan narsaga ishonishdan bosh tortadi.

Mening ishlarim juda yaxshi. Men tirik va sog‘lomman, energiya va pozitivlikka to‘laman. Har daqiqada men oilaviy muhitdan va ishimdan zavqlanaman. Chunki qalbimda muhabbat, boshimda esa faqat yaxshi o‘ylar va baxtli, tinch, go‘zal kelajak bor!”, deya turli xabarlarni inkor qilgan tadbirkor.

Qayd etish kerakki, Murod Nazarovning hibsga olinib, tergov tortilgani haqidagi xabarlar birinchi marta tarqalayotgani yo‘q. 2019 yilda ham Murod Nazarov tergovga tortilgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘shanda ham tadbirkorning o‘zi bu xabarlarni inkor qilib, shunday degandi:

"Odamlarga hayronman. O‘zi biror gapni o‘ylab topadi, yana o‘zi o‘sha gapga ishonadi. Men ishimni davom ettiryapman, ayni vaqtda juda katta loyihalar ustida ishlayapmiz. Men nima ish qilibmanki, tergovga tortilsam. Ayni vaqtda Rossiyadagi Skolkovo biznes maktabida o‘qiyapman. Toshkentda ishimiz ko‘p, juda katta loyiha ustida ishlayapmiz”.

Shu bilan birga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ham Murod Nazarov yoki uning shirkatiga nisbatan hech qanday tergov harakati olib borilmayotganini ma’lum qilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qamab, qo‘yildimi, Murod Nazarov | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя