Главная » 2023 » Май » 24 » Muqaddas Xoliqova og‘ir judolikka uchradi
19:22

Muqaddas Xoliqova og‘ir judolikka uchradi


O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Muqaddas Xoliqovaning turmush o‘rtog‘i Adham Xoliqov vafot etdi. Bu haqda bugun, 23 may kuni teatrning Matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbek milliy akademik drama teatrining ustoz san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning umr yo‘ldoshi Adham Xoliqov bandalikni bajo keltirdi. O‘zbek milliy akademik drama teatri jamoasi Muqaddas Xoliqovaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Muqaddas Xoliqova va Adham Xoliqovning turmush qurganiga salkam 34 yil bo‘ldi, ularning 3 nafar qizi bor. Muqaddas Xoliqova intervyularining birida 2017 yilda turmush o‘rtog‘i sog‘lig‘idagi muammolari tufayli ko‘rish qobiliyatini yo‘qotganini aytib o‘tgan. Buning ortidan aktrisa ikkinchi bor yurak xurujini boshdan o‘tkazgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda aktrisa koronavirusga chalinib, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi shifoxonada davolangan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: uchradi, Muqaddas Xoliqova, judolikka, og‘ir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя